وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " كُلُّ أُمَّتِي يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ إِلَّا مَنْ أَبَى. قِيلَ: وَمَنْ أَبَى؟ قَالَ: مَنْ أَطَاعَنِي دَخَلَ الْجَنَّةَ وَمَنْ عَصَانِي فقد أَبى " رَوَاهُ البُخَارِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ummatimning barchasi jannatga kiradi, magar (undan) bosh tortganlargina bundan mustasno», dedilar. «Kim bosh tortadi?», deb soʻraldi. U zot: «Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi; kim menga osiy boʻlsa, u bosh tortibdi», dedilar. «Buxoriy rivoyat qilgan».