وَعَن عَائِشَة قَالَتْ: تَلَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ (هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَات محكمات) وَقَرَأَ إِلَى: (وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّا أُولُو الْأَلْبَابِ) قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " فَإِذَا رَأَيْتَ وَعِنْدَ مُسْلِمٍ: رَأَيْتُمُ الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ فَأُولَئِكَ الَّذِينَ سَمَّاهُمُ الله فاحذروهم "
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ {U senga Kitobni nozil qildi. Uning baʼzi oyatlari muhkam (maʼnosi aniq) boʻlib, ular Kitobning asosidir, boshqalari esa mutashobih (maʼnosi koʻp)dir. Qalblarida ogʻish (egrilik) boʻlganlar fitna izlab va uni (oʻzicha) taʼvil qilish istagida undagi mutashobih (oyat)larga ergashadilar. Holbuki, uning taʼvilini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ilmda barqaror boʻlganlar esa: ‹Biz unga iymon keltirdik, hammasi Robbimiz huzuridandir›, deydilar. (Bundan) faqat aql egalarigina ibrat oladilar} (Oli Imron 7) (oyatini) tilovat qildilar. (Oisha) dedi: Rasululloh ﷺ: «Undagi mutashobih (oyat)larga ergashadiganlarni koʻrsangiz, bilingki, ular Alloh (oyatda) zikr qilgan kishilardir. Bas, ulardan ehtiyot boʻlinglar», — dedilar.