عَن ربيعَة الجرشِي يَقُول أُتِي النَّبِي صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقِيلَ لَهُ لِتَنَمْ عَيْنُكَ وَلِتَسْمَعْ أُذُنُكَ وَلِيَعْقِلْ قَلْبُكَ قَالَ فَنَامَتْ عَيْنَايَ وَسَمِعَتْ أُذُنَايَ وَعَقَلَ قَلْبِي قَالَ فَقِيلَ لِي سيد بنى دَارا فَصنعَ مَأْدُبَةً وَأَرْسَلَ دَاعِيًا فَمَنْ أَجَابَ الدَّاعِيَ دَخَلَ الدَّارَ وَأَكَلَ مِنَ الْمَأْدُبَةِ وَرَضِيَ عَنْهُ السَّيِّدُ وَمَنْ لَمْ يُجِبِ الدَّاعِيَ لَمْ يَدْخُلِ الدَّارَ وَلم يطعم مِنَ الْمَأْدُبَةِ وَسَخِطَ عَلَيْهِ السَّيِّدُ قَالَ فَاللَّهُ السَّيِّدُ وَمُحَمَّدٌ الدَّاعِي وَالدَّارُ الْإِسْلَامُ وَالْمَأْدُبَةُ الْجَنَّةُ. رَوَاهُ الدَّارمِيّ
Rabiʼa al-Jurashiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ huzuriga (kelib): ‹Koʻzing uxlasin, qulogʻing eshitsin, qalbing anglasin›, deyildi. (Nabiy ﷺ) dedilar: «Koʻzlarim uxladi, quloqlarim eshitdi va qalbim angladi. Soʻng menga shunday deyildi: Bir sayyid uy qurdi, ziyofat tayyorladi va (odamlarni) chorlovchi yubordi. Kim chorlovchiga javob bersa, uyga kiradi, ziyofatdan yeydi va sayyid undan rozi boʻladi; kim chorlovchiga javob bermasa, uyga kirmaydi, ziyofatdan yemaydi va sayyid unga gʻazab qiladi». (Soʻng u zot): «Sayyid — Alloh, chorlovchi — Muhammad ﷺ, uy — Islom, ziyofat esa jannatdir», dedilar. «Dorimiy rivoyat qilgan».