وَعَن ابْن عَبَّاس قَالَ: من تعلم كتاب الله ثمَّ ابتع مَا فِيهِ هَدَاهُ اللَّهُ مِنَ الضَّلَالَةِ فِي الدُّنْيَا وَوَقَاهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ سُوءَ الْحِسَابِ وَفِي رِوَايَةٍ قَالَ: مَنِ اقْتَدَى بِكِتَابِ اللَّهِ لَا يَضِلُّ فِي الدُّنْيَا وَلَا يَشْقَى فِي الْآخِرَةِ ثُمَّ تَلَا هَذِهِ الْآيَةَ: (فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يضل وَلَا يشقى) رَوَاهُ رزين
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Kim Allohning Kitobini oʻrgansa, soʻngra undagi narsalarga amal qilsa, Alloh uni dunyoda adashishdan hidoyat qiladi va Qiyomat kunida yomon hisob-kitobdan asraydi», dedi. Boshqa rivoyatda: «Kim Allohning Kitobiga ergashsa, dunyoda adashmaydi va oxiratda badbaxt boʻlmaydi», dedi. Soʻngra ushbu oyatni tilovat qildi: {Bas, kim Mening hidoyatimga ergashsa, u adashmas va badbaxt boʻlmas} (Toho 123). Razin rivoyat qilgan.