وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: مَنْ كَانَ مُسْتَنًّا فليستنًّ بِمَنْ قَدْ مَاتَ فَإِنَّ الْحَيَّ لَا تُؤْمَنُ عَلَيْهِ الْفِتْنَةُ. أُولَئِكَ أَصْحَابُ مُحَمَّدٍ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانُوا أَفْضَلَ هَذِهِ الْأُمَّةِ أَبَرَّهَا قُلُوبًا وَأَعْمَقَهَا عِلْمًا وَأَقَلَّهَا تَكَلُّفًا اخْتَارَهُمُ اللَّهُ لِصُحْبَةِ نَبِيِّهِ وَلِإِقَامَةِ دِينِهِ فَاعْرِفُوا لَهُمْ فَضْلَهُمْ وَاتَّبِعُوهُمْ عَلَى آثَارِهِمْ وَتَمَسَّكُوا بِمَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ أَخْلَاقِهِمْ وَسِيَرِهِمْ فَإِنَّهُمْ كَانُوا عَلَى الْهَدْيِ الْمُسْتَقِيمِ. رَوَاهُ رزين
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Kim (birovga) ergashmoqchi boʻlsa, vafot etgan kishiga ergashsin. Zero, tirik kishi fitnadan omonda emas. Ana oʻshalar — Muhammad ﷺning sahobalari — bu ummatning eng afzali, eng pok qalblisi, eng chuqur ilmlisi va eng kam takalluf qilganlari edilar. Alloh ularni Paygʻambariga hamrohlik qilish va Uning dinini barpo etish uchun tanladi. Bas, ularning fazlini taniglar, izlaridan ergashinglar hamda ularning axloqi va yoʻllaridan qoʻlingizdan kelganicha mahkam tutinglar. Chunki ular toʻgʻri hidoyat ustida edilar», dedi. Razin rivoyat qilgan.