وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ ثَوْبٌ أَبْيَضُ وَهُوَ نَائِمٌ ثُمَّ أَتَيْتُهُ وَقَدِ اسْتَيْقَظَ فَقَالَ: «مَا مِنْ عَبْدٍ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ ثُمَّ مَاتَ عَلَى ذَلِكَ إِلَّا دَخَلَ الْجَنَّةَ قُلْتُ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قَالَ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قُلْتُ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قَالَ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قُلْتُ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قَالَ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ عَلَى رَغْمِ أَنْفِ أَبِي ذَرٍّ وَكَانَ أَبُو ذَرٍّ إِذَا حَدَّثَ بِهَذَا قَالَ وَإِنْ رَغِمَ أَنْفُ أَبِي ذَر»
(Abu Zarr (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Paygʻambar ﷺning oldilariga keldim, u zot oq kiyimda, uxlab yotgan edilar. Soʻng yana — u zot uygʻonganlaridan keyin — keldim. (U zot:) «Qaysi bir banda «La ilaha illalloh» desa, soʻng shu (kalima) ustida vafot etsa, albatta jannatga kiradi» dedilar. Men: «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa hammi?» dedim. (U zot:) «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham» dedilar. Men (yana): «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa hammi?» dedim. (U zot:) «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham» dedilar. Men (uchinchi bor): «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa hammi?» dedim. (U zot:) «Zino qilsa va oʻgʻirlik qilsa ham — Abu Zarrning burni (xohlasa-xohlamasa) ishqilib!» dedilar. Abu Zarr buni rivoyat qilganida: «Abu Zarrning burni xafa boʻlsa ham» der edi. Abu Abdulloh (Buxoriy) aytdi: Bu (hukm) oʻlim chogʻida yoki undan oldin (boʻladi); qachonki (banda) tavba qilsa, nadomat chekib «La ilaha illalloh» desa, unga magʻfirat qilinadi.