وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الْمُسْلِمُ مَنْ سَلِمَ الْمُسْلِمُونَ مِنْ لِسَانِهِ وَيَدِهِ وَالْمُؤْمِنُ مَنْ أَمِنَهُ النَّاسُ عَلَى دِمَائِهِمْ وَأَمْوَالِهِمْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَزَادَ الْبَيْهَقِيُّ فِي «شُعَبِ الْإِيمَانِ» . بِرِوَايَةِ فَضَالَةَ: «وَالْمُجَاهِدُ مَنْ جَاهَدَ نَفْسَهُ فِي طَاعَةِ اللَّهِ وَالْمُهَاجِر من هجر الْخَطَايَا والذنُوب»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Musulmon — boshqa musulmonlar uning tili va qoʻlidan salomat boʻlgan kishidir. Moʻmin — odamlar oʻz qonlari va mollari borasida unga ishonadigan kishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Nabiy ﷺdan rivoyat qilinishicha, u zotdan: «Musulmonlarning qaysi biri afzal?» deb soʻralganida, u zot: «Boshqa musulmonlar uning tili va qoʻlidan salomat boʻlgan kishi», dedilar. Bu bobda Jobir, Abu Muso va Abdulloh ibn Amrdan ham (rivoyat bor).