وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ( «آيَةُ الْمُنَافِقِ ثَلَاثٌ» . زَادَ مُسْلِمٌ: «وَإِنْ صَامَ وَصَلَّى وَزَعَمَ أَنَّهُ مُسْلِمٌ» . ثُمَّ اتَّفَقَا: «إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ وَإِذَا اؤتمن خَان»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Munofiqning alomati uchtadir: gapirsa yolgʻon gapiradi, vada qilsa vadasiga xilof qiladi, omonat berilsa xiyonat qiladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Aloning hadisi jihatidan hasan gʻaribdir. Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan koʻp yoʻllar bilan rivoyat qilingan. Bu bobda Ibn Masʼud, Anas va Jobirdan ham (rivoyat bor). Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺdan shu mazmunda oʻxshashini rivoyat qiladi. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir. Abu Suhayl — Molik ibn Anasning amakisidir, ismi Nofi ibn Molik ibn Abu Omir al-Asbahiy al-Xavlaniydir.