وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا زَنَى الْعَبْدُ خَرَجَ مِنْهُ الْإِيمَانُ فَكَانَ فَوْقَ رَأْسِهِ كَالظُّلَّةِ فَإِذا خرج من ذَلِك الْعَمَل عَاد إِلَيْهِ الايمان» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Zinokor zino qilayotgan paytida moʻmin holida zino qilmaydi, oʻgʻri oʻgʻirlik qilayotgan paytida moʻmin holida oʻgʻirlamaydi, lekin tavba (eshigi) ochiqdir», dedilar. Bu bobda Ibn Abbos, Oisha va Abdulloh ibn Abu Avfodan ham (rivoyat bor). Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi bu jihatdan hasan sahih gʻaribdir. Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilinishicha, u zot: «Banda zino qilsa, undan iymon chiqib, boshi ustida soyabondek boʻlib turadi. U shu amaldan chiqsa, iymon yana unga qaytadi», dedilar. Abu Jafar Muhammad ibn Alidan rivoyat qilinishicha, u bu haqda: iymondan Islomga chiqibdi, degan. Yana koʻp yoʻllar bilan Nabiy ﷺdan rivoyat qilinishicha, u zot zino va oʻgʻirlik haqida: «Kim ulardan birortasini qilsa-yu, unga hadd joriy etilsa, bu uning gunohiga kafforatdir. Kim ulardan birortasini qilsa-yu, Alloh uni yopib qoʻysa, u Allohga (havola). Xohlasa, Qiyomat kunida azoblaydi, xohlasa, magʻfirat qiladi», dedilar. Buni Ali ibn Abu Tolib, Uboda ibn Somit va Xuzayma ibn Sobit Nabiy ﷺdan rivoyat qilganlar.