وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنَ الانسان مجْرى الدَّم»
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ayollaridan biri bilan birga edilar. Shu payt bir kishi ularning yonidan oʻtib qoldi. Rasululloh ﷺ uni chaqirdilar, u keldi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ey falonchi, bu mening xotinim falona», dedilar. U: «Yo Rasululloh! Men kim haqida (yomon) gumon qilsam ham, Siz haqingizda gumon qilmas edim», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, shayton inson tanasida qon kabi oqib yuradi», dedilar.