وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّ إِبْلِيسَ يَضَعُ عَرْشَهُ عَلَى المَاء ثمَّ يبْعَث سراياه فَأَدْنَاهُمْ مِنْهُ مَنْزِلَةً أَعْظَمُهُمْ فِتْنَةً يَجِيءُ أَحَدُهُمْ فَيَقُولُ فَعَلَتُ كَذَا وَكَذَا فَيَقُولُ مَا صَنَعْتَ شَيْئًا قَالَ ثُمَّ يَجِيءُ أَحَدُهُمْ فَيَقُولُ مَا تَرَكَتُهُ حَتَّى فَرَّقَتْ بَيْنَهُ وَبَيْنَ امْرَأَتِهِ قَالَ فَيُدْنِيهِ مِنْهُ وَيَقُولُ نَعَمْ أَنْتَ قَالَ الْأَعْمَشُ أرَاهُ قَالَ «فيلتزمه» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, Iblis oʻz taxtini suv ustiga qoʻyadi, soʻng oʻz lashkarlarini yuboradi. Ulardan unga eng yaqin martabalisi — fitnasi eng katta boʻlganidir. Ulardan biri kelib: ‹Men ananaqa, ananaqa ish qildim›, deydi. (Iblis) esa: ‹Sen hech narsa qilmabsan›, deydi». (Jobir) dedi: «Soʻng ulardan biri kelib: ‹Men uni er-xotinning orasini ajratmaguncha tark etmadim›, deydi». (Jobir) dedi: «Shunda (Iblis) uni oʻziga yaqinlashtirib: ‹Sen qanaqa ham yaxshisan!› deydi». Al-Aʼmash: «Menimcha, (Jobir): ‹Bas, (Iblis) uni quchoqlaydi›, dedi», dedi.