وَعَن بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ لِلشَّيْطَانَ لَمَّةً بِابْنِ آدَمَ وَلِلْمَلَكِ لَمَّةً فَأَمَّا لَمَّةُ الشَّيْطَانَ فَإِيعَادٌ بِالشَّرِّ وَتَكْذِيبٌ بِالْحَقِّ وَأَمَّا لَمَّةُ الْمَلَكِ فَإِيعَادٌ بِالْخَيْرِ وَتَصْدِيقٌ بِالْحَقِّ فَمَنْ وَجَدَ ذَلِكَ فَلْيَعْلَمْ أَنَّهُ من الله فليحمد اللَّهَ وَمَنْ وَجَدَ الْأُخْرَى فَلْيَتَعَوَّذْ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ ثُمَّ قَرَأَ (الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ ويأمركم بالفحشاء) الْآيَة) أخرجه التِّرْمِذِيّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيث حسن غَرِيب
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, shaytonning Odam farzandiga (vasvasa solib) yaqinlashishi bor, malakning ham yaqinlashishi bor. Shaytonning yaqinlashishi — yomonlikka vaʼda berish va haqni yolgʻonga chiqarishdir. Malakning yaqinlashishi esa — yaxshilikka vaʼda berish va haqni tasdiqlashdir. Kim buni (yaxshilikni) topsa, uning Allohdan ekanini bilsin va Allohga hamd aytsin. Kim boshqasini (yomonlikni) topsa, quvlangan shaytondan Allohga panoh soʻrasin», dedilar. Soʻng u zot: {Shayton sizlarni faqirlik bilan qoʻrqitadi va sizlarni fahsh ishlarga buyuradi} (Baqara 268) oyatini oʻqidilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. U Abul-Ahvasning hadisidir, biz uni Abul-Ahvasning hadisidan boshqa yoʻl bilan marfuʼ holda bilmaymiz.