وَعَن عبَادَة بن الصَّامِت قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يَقُول «إِنَّ أَوَّلَ مَا خَلَقَ اللَّهُ الْقَلَمُ فَقَالَ اكْتُبْ فَقَالَ مَا أَكْتُبُ قَالَ اكْتُبِ الْقَدَرَ مَا كَانَ وَمَا هُوَ كَائِنٌ إِلَى الْأَبَدِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ إِسْنَادًا
Abdulvohid ibn Sulaym rivoyat qilib aytdi: Makkaga kelib, Ato ibn Abu Roboh bilan uchrashdim va unga: «Ey Abu Muhammad! Basra ahli taqdir borasida (gapirib) aytishyaptiki...» dedim. U: «Ey oʻgʻilcham, Qurʼon oʻqiysanmi?» dedi. Men: «Ha», dedim. U: «Unda menga Zuxruf (surasini) oʻqi», dedi. Men: {Ho, Mim. Ochiq-ravshan Kitobga qasamki, darhaqiqat, Biz uni aql yuritishingiz uchun arabiy Qurʼon qildik. Va albatta u Bizning huzurimizdagi Ona-kitobda (Lavhul-mahfuzda) yuksak, hikmatga toʻladir} (Zuxruf 1-4), deb oʻqidim. Shunda u: «Ona-kitob nima ekanini bilasanmi?» dedi. Men: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedim. U: «U — Alloh osmonlarni yaratishdan oldin va yerni yaratishdan oldin yozgan Kitobdir. Unda: ‹Albatta Firʼavn doʻzax ahlidandir› (deb yozilgan), yana unda: {Abu Lahabning ikki qoʻli halok boʻldi va (oʻzi ham) halok boʻldi} (Masad 1) (degan oyat bor)», dedi. Ato aytdi: Soʻng men Rasululloh ﷺning sahobalari Uboda ibn Somitning oʻgʻli Validni uchratib, undan: «Otangizning oʻlim chogʻidagi vasiyati nima edi?» deb soʻradim. U dedi: «Otam meni chaqirib, menga shunday dedi: ‹Ey oʻgʻilcham, Allohdan qoʻrq va bilki, sen Allohga iymon keltirmaguningcha hamda taqdirning barchasiga — uning yaxshisiga ham, yomoniga ham iymon keltirmaguningcha, Allohdan haqqoniy qoʻrqa olmaysan. Agar bundan boshqa (eʼtiqod) ustida vafot etsang, doʻzaxga kirasan. Men Rasululloh ﷺning: ‹Albatta Alloh dastlab yaratgan narsa Qalam boʻldi. U: «Yoz!» dedi. (Qalam): «Nimani yozay?» dedi. (Alloh): «Taqdirni — boʻlib oʻtgan va abadgacha boʻladigan narsalarni yoz», dedi›, deganlarini eshitganman›». Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻl jihatidan gʻaribdir.