وَعَنْ جَابِرٍ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مُهَلُّ أَهْلِ الْمَدِينَةِ مِنْ ذِي الْحُلَيْفَةِ وَالطَّرِيقُ الْآخَرُ الْجُحْفَةُ وَمُهَلُّ أَهْلِ الْعِرَاقِ مِنْ ذَاتِ عِرْقٍ وَمُهَلُّ أَهْلِ نَجْدٍ قَرْنٌ وَمُهَلُّ أَهْلِ الْيَمَنِ يَلَمْلَمُ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: undan ihromga kirish joyi haqida soʻralganida, u: «Eshitganman — oʻylaymanki, u buni Nabiy ﷺ ga koʻtargan (yaʼni u zotdan rivoyat qilgan) —», dedi va (shunday) dedi: «Madina ahlining ihromga kirish joyi Zul-Hulayfadan, boshqa yoʻl (orqali keluvchilar uchun esa) Juhfadan, Iroq ahlining ihromga kirish joyi Zoti Irqdan, Najd ahlining ihromga kirish joyi Qarndan, Yaman ahlining ihromga kirish joyi Yalamlamdandir».