وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا يُوجِبُ الْحَجَّ؟ قَالَ: «الزَّادُ وَالرَّاحِلَة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ huzuriga kelib: «Ey Rasululloh, hajni nima vojib qiladi?» dedi. U zot: «Ozuqa va ulov», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan hadisdir. Ilm ahli huzurida amal shunga koʻradir: kishi ozuqa va ulovga ega boʻlsa, unga haj vojib boʻladi. Ibrohim ibn Yazid — u al-Xuziy al-Makkiy boʻlib, baʼzi ilm ahli uni xotirasi (yodlashi) jihatidan tanqid qilishgan.