وَعَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ لَمْ يَمْنَعْهُ مِنَ الْحَجِّ حَاجَةٌ ظَاهِرَةٌ أَوْ سُلْطَانٌ جَائِرٌ أَوْ مَرَضٌ حَابِسٌ فَمَاتَ وَلَمْ يَحُجَّ فَلْيَمُتْ إِنْ شَاءَ يَهُودِيًّا وَإِنْ شَاءَ نَصْرَانِيًّا» . رَوَاهُ الدَّارمِيّ
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimni hajdan ochiq-oydin bir ehtiyoj, yoxud zolim sulton, yoxud (uyda) toʻxtatib qoʻyadigan kasallik toʻsmagan boʻlsa-yu, u hajni ado etmay vafot etsa, xohlasa yahudiy, xohlasa nasroniy holida oʻlaversin», dedilar. Dorimiy rivoyat qilgan.