وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: خَرَجْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَصْرُخُ بِالْحَجِّ صراخا. رَوَاهُ مُسلم
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan haj uchun ovoz chiqarib talbiya aytib (yoʻlga) chiqdik. Makkaga kelganimizda, u zot bizni — qurbonlik hayvonini olib kelganlardan boshqamizni — uni (ehromni) umraga aylantirishimizga buyurdilar. Tarviya kuni (Zulhijjaning sakkizinchisi) boʻlganida, Minoga yoʻl olib, haj uchun ehrom bogʻladik.