وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: خَرَجْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَامَ حَجَّةِ الْوَدَاعِ فَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِعُمْرَةٍ وَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِحَجٍّ وَعُمْرَةٍ وَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِالْحَجِّ وَأَهَلَّ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِالْحَجِّ فَأَمَّا مَنْ أَهَلَّ بِعُمْرَةٍ فَحَلَّ وَأَمَّا مَنْ أَهَلَّ بِالْحَجِّ أَوْ جَمَعَ الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ فَلَمْ يَحِلُّوا حَتَّى كَانَ يَوْمُ النَّحْرِ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan Vidoʼ haji yilida chiqdik. Bizdan baʼzimiz umraga ehrom bogʻladik, baʼzimiz haj va umraga ehrom bogʻladik, baʼzimiz hajga ehrom bogʻladik. Rasululloh ﷺ esa hajga ehrom bogʻladilar. Umraga ehrom bogʻlaganlar (umrasini ado etib) ehromdan chiqdilar; hajga yoki haj va umraga birga ehrom bogʻlaganlar esa nahr (qurbonlik) kuni boʻlguncha ehromdan chiqmadilar.