وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّهَا قَالَتْ: قَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِأَرْبَعٍ مَضَيْنَ مِنْ ذِي الْحِجَّةِ أَوْ خَمْسٍ فَدَخَلَ عَلَيَّ وَهُوَ غَضْبَانُ فَقُلْتُ: مَنْ أَغْضَبَكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَدْخَلَهُ اللَّهُ النَّارَ. قَالَ: «أَو مَا شَعَرْتِ أَنِّي أَمَرْتُ النَّاسَ بِأَمْرٍ فَإِذَا هُمْ يَتَرَدَّدُونَ وَلَوْ أَنِّي اسْتَقْبَلْتُ مِنْ أَمْرِي مَا اسْتَدْبَرْتُ مَا سُقْتُ الْهَدْيَ مَعِي حَتَّى أَشْتَرِيَهُ ثمَّ أُحلُّ كَمَا حلُّوا» . رَوَاهُ مُسلم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: (Oisha) dedi: «Rasululloh ﷺ zulhijja oyidan toʻrt yoki besh (kun) oʻtganda keldilar. Gʻazablangan holda oldimga kirdilar. Men: ‹Yo Rasululloh! Sizni kim gʻazablantirdi? Alloh uni doʻzaxga kiritsin!› — dedim. (U zot): ‹Bilmaysanmi, men odamlarga bir ishni buyurgan edim, ular esa ikkilanib turibdilar› — al-Hakam: ‹Ular ikkilanayotgandek› dedi — ‹oʻylaymanki, agar men oldindan boshlaganimda ortda qoldirgan ishimni (qaytadan koʻrsam, yaʼni vaziyatni avval bilganimda), yonimga hadyi (qurbonlik mol) olib kelmagan boʻlardim, balki uni (Makkadan) sotib olar, soʻng ular ihromdan chiqqanidek men ham chiqar edim›, — dedilar.»