وَعَن عُروةَ بنِ الزُّبيرِ قَالَ: قَدْ حَجَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَخْبَرَتْنِي عَائِشَةُ أَنَّ أَوَّلَ شَيْءٍ بَدَأَ بِهِ حِينَ قَدِمَ مَكَّةَ أَنَّهُ تَوَضَّأَ ثُمَّ طَافَ بِالْبَيْتِ ثُمَّ لَمْ تَكُنْ عُمْرَةً ثُمَّ حجَّ أَبُو بكرٍ فكانَ أوَّلَ شيءٍ بدَأَ بِهِ الطوَّافَ بالبيتِ ثمَّ لَمْ تَكُنْ عُمْرَةً ثُمَّ عُمَرُ ثُمَّ عُثْمَانُ مثلُ ذَلِك
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Iroq ahlidan bir kishi unga: «Men uchun Urva ibn Zubayrdan soʻrab ber: hajga ehrom bogʻlagan kishi Baytni tavof qilsa, (ehromdan) chiqib halol boʻladimi yo yoʻqmi? Agar u senga: ‹Halol boʻlmaydi›, desa, unga: ‹Bir kishi buni (boshqacha) aytyapti›, degin», dedi. U (Muhammad): «Soʻng men undan (Urvadan) soʻradim. U: ‹Hajga ehrom bogʻlagan kishi faqat haj (ni ado qilish) bilangina (ehromdan) chiqib halol boʻladi›, dedi. Men: ‹Bir kishi shuni (boshqacha) aytyapti›, dedim. U: ‹U yomon (gap) aytibdi›, dedi. Soʻng haligi kishi mening yoʻlimni toʻsib, mendan soʻradi, men unga (Urvaning javobini) aytib berdim. Shunda u: ‹Unga (Urvaga) ayt: bir kishi Rasululloh ﷺ buni qilganlar deb xabar berar edi; Asmo bilan Zubayrning ham buni qilganlari nimasi?› dedi. Men (Urvaning) oldiga kelib, buni unga aytdim. U: ‹Bu kim oʻzi?› dedi. Men: ‹Bilmayman›, dedim. U: ‹Nega oʻzi kelib mendan soʻramaydi? Uni iroqlik deb oʻylayman›, dedi. Men: ‹Bilmayman›, dedim. U (shunday) dedi: ‹U yolgʻon aytibdi. Rasululloh ﷺ haj qildilar va Oisha menga xabar berdiki, u zot Makkaga kelganlarida birinchi qilgan ishlari tahorat olib, soʻng Baytni tavof qilish boʻldi. Soʻng Abu Bakr haj qildi, uning ham birinchi qilgan ishi Baytni tavof qilish boʻldi, undan boshqasi (avval) boʻlmadi. Soʻng Umar ham xuddi shunday (qildi). Soʻng Usmon haj qildi, men uning ham birinchi qilgan ishi Baytni tavof qilish boʻlganini, undan boshqasi (avval) boʻlmaganini koʻrdim. Soʻng Muoviya bilan Abdulloh ibn Umar (ham shunday qildi). Soʻng men otam Zubayr ibn al-Avvom bilan haj qildim, uning ham birinchi qilgan ishi Baytni tavof qilish boʻldi, undan boshqasi (avval) boʻlmadi. Soʻng muhojirlar va ansorlarning shunday qilayotganlarini koʻrdim, undan boshqasi (avval) boʻlmadi. Shunday qilganini koʻrgan eng oxirgi kishim Ibn Umar boʻldi va u uni (hajni) umra bilan buzmadi. Mana, Ibn Umar ularning yonida, nega undan soʻramaydilar? Oʻtib ketganlardan hech biri (Makkaga) qadam qoʻyganlarida Baytni tavof qilishdan oldin biror ish bilan boshlamaganlar, soʻng (uni qilmaguncha ehromdan) chiqib halol boʻlmaganlar. Men onam bilan xolam (Makkaga) kelganlarida Baytdan oldin biror narsa bilan boshlamaganlarini, uni tavof qilganlarini, soʻng (ehromdan) chiqmaganlarini koʻrganman. Onam menga xabar berdiki, u oʻzi, opasi, Zubayr va falonchi-falonchi umra qilib kelishgan; ruknni (Hajarul-asvadni) silaganlaridan keyin (ehromdan) chiqib halol boʻlishgan. U (haligi kishi) shu zikr qilgan narsasida yolgʻon aytibdi›, dedi», dedi.