وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا قَدِمَ مَكَّةَ أَتَى الْحَجَرَ فَاسْتَلَمَهُ ثُمَّ مَشَى عَلَى يَمِينِهِ فَرَمَلَ ثَلَاثًا وَمَشى أَرْبعا. رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Makkaga kelganlarida, Hajar(ul-asvad)ga kelib, uni siladilar, soʻng uning oʻng tomonidan yurib, uch (aylanishda) yelka silkitib yugurdilar va toʻrt (aylanishda) yurdilar.