وَعَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ طَافَ بِالْبَيْتِ عَلَى بَعِيرٍ كُلَّمَا أَتَى عَلَى الرُّكْنِ أَشَارَ إِلَيْهِ بِشَيْءٍ فِي يدِه وكبَّرَ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ — tuyada mingan holda — (Kaʼbani) tavof qildi (oʻsha paytda u zotning oyogʻida jarohat bor edi). U zot (Hajarul-Asvad boʻlgan) rukn roʻparasiga kelgan har safar, qoʻlidagi bir narsa bilan unga ishora qilar va: «Allohu akbar», — der edilar.