وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: خَرَجْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَا نَذْكُرُ إِلَّا الْحَجَّ فَلَمَّا كُنَّا بِسَرِفَ طَمِثْتُ فَدَخَلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَنَا أَبْكِي فَقَالَ: «لَعَلَّكِ نَفِسْتِ؟» قُلْتُ: نَعَمْ قَالَ: «فَإِنَّ ذَلِكِ شَيْءٌ كَتَبَهُ اللَّهُ عَلَى بَنَاتِ آدَمَ فَافْعَلِي مَا يَفْعَلُ الْحَاجُّ غَيْرَ أَنْ لَا تَطُوفِي بِالْبَيْتِ حَتَّى تَطْهُرِي»
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Biz Paygʻambar ﷺ bilan haj uchun yoʻlga chiqdik; Sarifga yetganimizda, men hayz koʻrdim. Paygʻambar ﷺ oldimga kelganlarida, men yigʻlab turgan edim. U zot: «Nega yigʻlayapsan?» — dedilar. Men: «Koshki bu yil haj qilmaganimda edi», — dedim. U zot: «Hayz koʻrgan boʻlsang kerak?» — dedilar. Men: «Ha», — dedim. U zot: «Bu — Alloh barcha Odam qizlariga belgilagan narsa. Poklanguningcha Kaʼba tavofini qilmay, hojilar qilgan hamma (amal)ni qilaver», — dedilar.