وَعَن عُبيدِ بنِ عُمَيرٍ: أَنَّ ابْنَ عُمَرَ كَانَ يُزَاحِمُ عَلَى الرُّكْنَيْنِ زِحَامًا مَا رَأَيْتُ أَحَدًا مِنْ أَصْحَابِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُزَاحِمُ عَلَيْهِ قَالَ: إِنْ أَفْعَلْ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّ مَسْحَهُمَا كَفَّارَةٌ لِلْخَطَايَا» وَسَمِعْتُهُ يَقُولُ: «مَنْ طَافَ بِهَذَا الْبَيْتِ أُسْبُوعًا فَأَحْصَاهُ كَانَ كَعِتْقِ رَقَبَةٍ» . وَسَمِعْتُهُ يَقُولُ: «لَا يَضَعُ قَدَمًا وَلَا يَرْفَعُ أُخْرَى إِلا حطَّ اللَّهُ عنهُ بهَا خَطِيئَة وكتبَ لهُ بهَا حَسَنَة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ibn Ubayd ibn Umayr otasidan rivoyat qiladi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo) ikki rukn (yaman rukni va hajarul-asvad)ga shunday tiqilib intilar ediki, Nabiy ﷺ sahobalaridan birortasining bunday qilganini koʻrmagan edim. Shunda men: «Ey Abu Abdurahmon! Siz ikki ruknga shunday tiqilib intilyapsizki, Nabiy ﷺ sahobalaridan birortasining bunga intilganini koʻrmaganman», dedim. U: «Agar shunday qilsam, men Rasululloh ﷺni: ‹Ularni mash qilish (silash) xatolarga kafforatdir›, deganlarini eshitganim uchun (qilaman). Yana u zotni: ‹Kim bu Baytni yetti marta tavof qilib, uni (toʻgʻri) sanab borsa, bu bir qul ozod qilgani kabidir›, deganlarini eshitganman. Yana u zotni: ‹U bir oyogʻini qoʻyib, ikkinchisini koʻtarmasidan, Alloh u bilan undan bir xatoni soqit qiladi va unga bir savob yozadi›, deganlarini eshitganman», dedi. Abu Iso aytdi: Hammod ibn Zayd ham Atoʼ ibn as-Soibdan, u Ibn Ubayd ibn Umayrdan, u Ibn Umardan shunga oʻxshash rivoyat qilgan, ammo unda «otasidan» deb zikr qilmagan. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.