وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «وُكِّلَ بِهِ سَبْعُونَ مَلَكًا» يَعْنِي الرُّكْنَ الْيَمَانِيَ " فَمَنْ قَالَ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْعَفْوَ وَالْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ قَالُوا: آمين ". رَوَاهُ ابْن مَاجَه
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Rukni Yamoniy haqida: «Unga yetmish farishta vakil qilingan. Kim: ‹Allohumma inniy asʼalukal-afwa val-ofiyata fid-dunyo val-oxira, Rabbano otino fid-dunyo hasanatan va fil-oxirati hasanatan va qino azoban-nor (Ey Alloh, men Sendan dunyo va oxiratda afv hamda ofiyatni soʻrayman. Ey Rabbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber va bizni doʻzax azobidan saqla)›, desa, ular: ‹Omin›, deydilar», dedilar. Rukni Asvadga yetganda Ibn Hishom: «Ey Abu Muhammad, bu Rukni Asvad haqida senga nima yetib kelgan?», deb soʻradi. Ato: «Menga Abu Hurayra Rasululloh ﷺning: ‹Kim unga qoʻl tekkizsa, u Rahmonning qoʻliga qoʻl tekkizgan boʻladi›, deganlarini eshitganini aytib berdi», dedi. Ibn Hishom unga: «Ey Abu Muhammad, tavof-chi?», dedi. Ato: «Menga Abu Hurayra Nabiy ﷺning: ‹Kim Baytni yetti marta tavof qilib, faqat Subhanalloh, val-hamdu lillah, va la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah, deb boshqa gapirmasa, undan oʻn gunoh oʻchiriladi, unga oʻn yaxshilik yozilib, oʻn daraja koʻtariladi. Kim tavof qilib, shu holatida gapirsa, u rahmatga oyoqlari bilan xuddi suvga oyoqlarini botirib kirgan kishidek kirgan boʻladi›, deganlarini eshitganini aytib berdi», dedi.