وَعَنْ جَابِرٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «نحرتُ هَهُنَا وَمِنًى كُلُّهَا مَنْحَرٌ فَانْحَرُوا فِي رِحَالِكُمْ. وَوَقَفْتُ هَهُنَا وعرفةُ كلُّها موقفٌ. ووقفتُ هَهُنَا وجَمْعٌ كلُّها موقفٌ» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Men shu yerda qurbonlik qildim, holbuki Minoning hammasi qurbongohdir, bas, oʻz manzillaringizda qurbonlik qilinglar. Men shu yerda turdim, holbuki Arafaning hammasi turadigan joydir. Men shu yerda turdim, holbuki Jamʼning (Muzdalifaning) hammasi turadigan joydir», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.