وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: أَفَاضَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ جَمْعٍ وَعَلَيْهِ السَّكِينَةُ وَأَمَرَهُمْ بِالسَّكِينَةِ وَأَوْضَعَ فِي وَادِي مُحَسِّرٍ وَأَمَرَهُمْ أَنْ يَرْمُوا بِمِثْلِ حَصَى الْخَذْفِ وَقَالَ: «لَعَلِّي لَا أَرَاكُمْ بَعْدَ عَامِي هَذَا» . لَمْ أَجِدْ هَذَا الْحَدِيثَ فِي الصَّحِيحَيْنِ إِلَّا فِي جَامِعِ التِّرْمِذِيِّ مَعَ تقديمٍ وَتَأْخِير
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ Muhassir vodiysida (tezroq) yurdilar. Bishr unda (quyidagini) qoʻshdi: U zot Jamʼdan sokinlik bilan qaytib joʻnadilar va (odamlarga) sokinlikni buyurdilar. Abu Nuaym esa unda (quyidagini) qoʻshdi: U zot ularga (jamraga) xazaf toshchalari (barmoq orasidan otiladigan mayda toshlar) kabi (toshlar) bilan otishni buyurdilar va: «Shoyad men bu yilimdan keyin sizlarni koʻrmasman», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Usoma ibn Zayddan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Jobirning hadisi hasan sahih hadisdir.