Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Muqim (Makkada turuvchi) yoki umra qiluvchi kishi Hajarul-asvadni istilom qilguncha (unga qoʻl tegizguncha) talbiya aytadi.» Abu Dovud rivoyat qilib: ‹Bu Ibn Abbosda mavquf ravishda ham rivoyat qilingan›, degan.