وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ: «اللَّهُمَّ ارْحَمِ الْمُحَلِّقِينَ» . قَالُوا: وَالْمُقَصِّرِينَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «اللَّهُمَّ ارْحَمِ الْمُحَلِّقِينَ» . قَالُوا: وَالْمُقَصِّرِينَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «وَالْمُقَصِّرِينَ»
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Allohim! Boshini oldirgan(lar)ga rahm qil», — dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, sochini qisqartirgan(lar)ga ham (duo qiling)», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Allohim! Boshini oldirgan(lar)ga rahm qil», — dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, sochini qisqartirgan(lar)ga ham», — dedi. Paygʻambar ﷺ (uchinchi martada): «Va sochini qisqartirgan(lar)ga ham», — dedilar. Nofiʼ dediki, Paygʻambar ﷺ bir yoki ikki marta: «Allohim! Boshini oldirgan(lar)ga rahm qil», — dedilar va toʻrtinchi (martada): «Va sochini qisqartirgan(lar)ga ham», — deb qoʻshdilar.