وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَفَاضَ يَوْمَ النَّحْرِ ثُمَّ رجعَ فصلّى الظهْرَ بمنى. رَوَاهُ مُسلم
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Nahr kuni (Baytni) ifoza qildilar (tavof qildilar), soʻng qaytib, Minoda peshin namozini oʻqidilar. Nofeʼ dedi: Ibn Umar ham Nahr kuni ifoza qilar, soʻng qaytib, Minoda peshin namozini oʻqir va Nabiy ﷺ ham shunday qilganlarini eslatar edi.