وَعَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الظُّهْرَ وَالْعَصْرَ وَالْمَغْرِبَ وَالْعَشَاءَ ثُمَّ رَقَدَ رَقْدَةً بِالْمُحَصَّبِ ثُمَّ رَكِبَ إِلَى الْبَيْتِ فَطَافَ بِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ peshin, asr, shom va xufton namozlarini oʻqidilar va Muhassab degan joyda bir oz uxladilar, soʻng Kaʼbaga minib borib, uni tavof qildilar.