وَعَنْ يَعْلَى بْنِ أُمَيَّةَ قَالَ: كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بالجعرانة إِذْ جَاءَ رَجُلٌ أَعْرَابِيٌّ عَلَيْهِ جُبَّةٌ وَهُوَ مُتَضَمِّخٌ بِالْخَلُوقِ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أَحْرَمْتُ بِالْعُمْرَةِ وَهَذِهِ عَلَيَّ. فَقَالَ: «أَمَا الطِّيبُ الَّذِي بِكَ فَاغْسِلْهُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ وَأَمَّا الْجُبَّةُ فَانْزِعْهَا ثُمَّ اصْنَعْ فِي عُمْرَتِكَ كَمَا تَصْنَعُ فِي حَجِّكَ»
(Safvon ibn Yaʼlo ibn Umayya rivoyat qildi)ki, Yaʼlo (roziyallohu anhu): «Qaniydi men Rasululloh ﷺni — u zotga vahy nozil boʻ layotgan paytda — koʻ rsam», deb aytar edi. Paygʻambar ﷺ Jiʼronada — u zotning ustida (soyaboncha qilib) tutilgan bir kiyim, u zot bilan birga ashobidan baʼzi kishilar (bor) — paytlarida, birdan u zotning oldigʻa xushboʻ y (atir)ga belangan bir kishi kelib: «Ey Allohning Rasuli, atir surkandan keyin — jubbada ihrom (umra niyati) qilgan kishi haqida nima deysiz?» dedi. Paygʻambar ﷺ bir muddat (jim) qarab turdilar; shunda u zotga vahy keldi. Umar Yaʼloga «kel» deb ishora qildi; Yaʼlo kelib, boshini (kiyim ostiga) kiritdi — birdan u zot — yuzlari qizargan, xurrak otgan holda — shunday bir muddat (turdilar), soʻng u zotdan (vahy holati) ketdi (tarqaldi). U zot: «Hozirgina mendan umra haqida soʻragan (kishi) qani?» dedilar. U kishi qidirilib, Paygʻambar ﷺning oldigʻa keltirildi. U zot: «Sendagi atirga kelsak — uni uch marta yuvib (tashla); jubbaga kelsak — uni yechib (tashla); soʻng umrangda — hajingda qiladiganingdek — qil», dedilar.