وَعَنْ يَزِيدَ بْنِ الْأَصَمِّ ابْنِ أُخْتِ مَيْمُونَةَ عَنْ مَيْمُونَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَزَوَّجَهَا وَهُوَ حَلَالٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ قَالَ الشيخُ الإِمَام يحيى السّنة C: وَالْأَكْثَرُونَ عَلَى أَنَّهُ تَزَوَّجَهَا حَلَالًا وَظَهَرَ أَمْرُ تَزْوِيجِهَا وَهُوَ مُحْرِمٌ ثُمَّ بَنَى بِهَا وَهُوَ حَلَال بسرف فِي طَرِيق مَكَّة
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ Maymunaga muhrim holatlarida uylandilar. Abu Iso aytdi: Bu sahih hadisdir. Abu Shaʼsoning ismi Jobir ibn Zayddir. (Ulamolar) Paygʻambar ﷺning Maymunaga uylanishi xususida ixtilof qildilar, chunki Paygʻambar ﷺ unga Makka yoʻlida uylangan edilar. Baʼzilari: U zot unga halol holatlarida uylandilar, biroq uylanishi xabari u zot muhrim holatlarida tarqaldi; soʻngra u zot u bilan halol holatlarida Makka yoʻlidagi Sarif (degan joy)da qoʻshildilar, dedilar. Maymuna ham Rasululloh ﷺ u bilan qoʻshilgan joy — Sarifda vafot etdi va Sarifga dafn qilindi.