قَالَ: تَزَوَّجَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَيْمُونَةَ وَهُوَ حَلَالٌ وَبَنَى بِهَا وَهُوَ حَلَالٌ وَكُنْتُ أَنَا الرَّسُولَ بَيْنَهُمَا. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ
Abu Rofeʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Maymunaga halol (ehromsiz) holatlarida uylandilar va u bilan halol holatlarida qoʻshildilar. Men esa ikkalalari oʻrtasidagi elchi edim. Abu Iso aytdi: Bu hasan hadisdir. Buni Hammod ibn Zayddan, u Matar al-Varroqdan, u Robiʼadan rivoyat qilganidan boshqa hech kim musnad qilib (toʻliq sanad bilan) rivoyat qilganini bilmaymiz. Molik ibn Anas Robiʼadan, u Sulaymon ibn Yasordan: Paygʻambar ﷺ Maymunaga halol holatlarida uylandilar, deb rivoyat qildi. Molik buni mursal qilib rivoyat qildi. (Roviy) aytdi: Buni Sulaymon ibn Bilol ham Robiʼadan mursal qilib rivoyat qildi. Abu Iso aytdi: Yazid ibn al-Asammdan, u Maymunadan rivoyat qilinishicha, u: «Rasululloh ﷺ menga halol holatlarida uylandilar», degan. Yazid ibn al-Asamm esa Maymunaning jiyani (singlisining oʻgʻli)dir.