وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «يَقْتُلُ الْمُحْرِمُ السَّبُعَ الْعَادِيَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan, u Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Muhrim hujum qiluvchi yirtqichni, qopagʻon itni, sichqonni, chayonni, kalxatni va qargʻani oʻldiradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan hadisdir. Ilm ahli huzurida amal shunga muvofiqdir. Ular: Muhrim hujum qiluvchi yirtqichni oʻldiradi, deganlar. Bu Sufyon as-Savriy va Shofeiyning soʻzidir. Shofeiy aytdi: Odamlarga yoki ularning ulovlariga hujum qiluvchi har qanday yirtqichni muhrim oʻldirishi (mumkin).