وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الضَّبُعِ؟ قَالَ: «هُوَ صَيْدٌ وَيُجْعَلُ فِيهِ كَبْشًا إِذَا أَصَابَهُ الْمُحْرِمُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه والدارمي
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan sirtlon (kaftor) haqida soʻradim. U zot: «U ovdir. Ehromdagi kishi uni (ovlab) olsa, (jarima sifatida) bir qoʻchqor beriladi», dedilar. Abu Dovud, Ibn Moja va Dorimiy rivoyat qilgan.