عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَمَرَ أَصْحَابَهُ أَنْ يُبَدِّلُوا الْهَدْيَ الَّذِي نَحَرُوا عَامَ الْحُدَيْبِيَةِ فِي عُمْرَةِ الْقَضَاءِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَفِيهِ قِصَّةٌ وَفِي سَنَدِهِ مُحَمَّدُ بْنُ إِسْحَاقَ
Amr ibn Maymun aytdi: Men Abu Hozir al-Himyariyning otam Maymun ibn Mihronga rivoyat qilayotganini eshitdim. U aytdi: Shom ahli Makkada Ibnuz-Zubayrni qamal qilgan yili men umra qilish uchun chiqdim. Qavmimdan baʼzi kishilar men bilan hadiy (qurbonlik hayvoni) joʻnatdilar. Biz Shom ahliga yetib kelganimizda, ular bizni Haram (ichi)ga kirishdan toʻsdilar. Shunda men hadiyni shu joyning oʻzida soʻyib, soʻngra (ehromdan) chiqdim va qaytib ketdim. Keyingi yil boʻlganda, umramni qazo qilish uchun chiqdim va Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning oldiga kelib, undan soʻradim. U: «Hadiyni almashtir, chunki Rasululloh ﷺ ashoblariga Hudaybiya yili soʻygan hadiylarini umratul-qazoda almashtirishni buyurganlar», dedi.