وَعَنْ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنِّي أُحَرِّمُ مَا بَيْنَ لَابَتَيِ الْمَدِينَةِ: أَنْ يُقْطَعَ عِضَاهُهَا أَوْ يُقْتَلَ صَيْدُهَا " وَقَالَ: «الْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يعلَمونَ لَا يَدَعُهَا أَحَدٌ رَغْبَةً عَنْهَا إِلَّا أَبْدَلَ اللَّهُ فِيهَا مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنْهُ وَلَا يَثْبُتُ أَحَدٌ عَلَى لَأْوَائِهَا وَجَهْدِهَا إِلَّا كُنْتُ لَهُ شَفِيعًا أَو شَهِيدا يَوْم الْقِيَامَة» . رَوَاهُ مُسلم
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Men Madinaning ikki qora toshlogʻi orasidagi joyni — uning tikanli daraxti kesilishini yoki uning ovi oʻldirilishini harom qilaman», dedilar. Yana: «Madina ular uchun yaxshiroqdir, koshki ular buni bilsalar edi. Uni yoqtirmay tark etgan har bir kishining oʻrniga Alloh albatta undan yaxshiroq kishini keltiradi. Uning ogʻir-mashaqqatlariga sabr qilib (yashagan) har bir kishiga esa men qiyomat kuni shafoatchi yoki guvoh boʻlaman», dedilar.