وَعَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّاسُ إِذَا رَأَوْا أَوَّلَ الثَّمَرَةِ جَاءُوا بِهِ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَإِذَا أَخَذَهُ قَالَ: «اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِي ثَمَرِنَا وَبَارِكْ لَنَا فِي مَدِينَتِنَا وَبَارِكْ لَنَا فِي صَاعِنَا وَبَارِكْ لَنَا فِي مُدِّنَا اللَّهُمَّ إِنَّ إِبْرَاهِيمَ عَبْدُكَ وَخَلِيلُكَ وَنَبِيُّكَ وَإِنِّي عَبْدُكَ وَنَبِيُّكَ وَإِنَّهُ دَعَاكَ لِمَكَّةَ وَأَنَا أدعوكَ للمدينةِ بمثلِ مَا دعَاكَ لمكةَ ومِثْلِهِ مَعَهُ» . ثُمَّ قَالَ: يَدْعُو أَصْغَرَ وَلِيدٍ لَهُ فيعطيهِ ذَلِك الثَّمر. رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Odamlar birinchi meva (hosil)ni koʻrishganda uni Nabiy ﷺ ga olib kelishar edi. Rasululloh ﷺ uni olgach: «Ey Alloh, mevamizga baraka ber, shahrimizga baraka ber, soʼimizga baraka ber, muddimizga baraka ber. Ey Alloh, Ibrohim Sening banding, doʻsting va paygʻambaring edi, men ham Sening banding va paygʻambaringman. U Sendan Makka uchun duo qilgan edi, men esa Sendan Madina uchun, u Makka uchun soʻragan narsa misli va yana shuncha (baraka) qoʻshib soʻrayman», dedilar. (Rovi) dedi: Soʻng u zot eng kichik bolasini chaqirib, oʻsha mevani unga berar edilar.