وَعَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ: أَنَّ أَعْرَابِيًّا بَايَعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَصَابَ الْأَعْرَابِيَّ وَعَكٌ بِالْمَدِينَةِ فَأَتَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ أَقِلْنِي بَيْعَتِي فَأَبَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ جَاءَهُ فَقَالَ: أَقِلْنِي بَيْعَتِي فَأَبَى ثُمَّ جَاءَهُ فَقَالَ: أَقِلْنِي بَيْعَتِي فَأَبَى فَخَرَجَ الْأَعْرَابِيُّ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّمَا الْمَدِينَةُ كَالْكِيرِ تَنْفِي خبثها وتنصع طيبها»
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: bir aʼrobiy (sahroyi arab) Rasululloh ﷺ ga (Islom uchun) bayʼat berdi. Soʻng aʼrobiyni Madinada isitma tutdi. Shunda u Nabiy ﷺ ning oldiga kelib: «Yo Muhammad, bayʼatimni bekor qiling», dedi. Ammo Rasululloh ﷺ (buni) rad etdilar. Soʻng yana u zotning oldiga kelib: «Bayʼatimni bekor qiling», dedi. (Rasululloh ﷺ) yana rad etdilar. Soʻng yana kelib: «Bayʼatimni bekor qiling», dedi. (Rasululloh ﷺ) yana rad etdilar. Soʻng aʼrobiy (Madinadan) chiqib ketdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, Madina xuddi bosqonga (temirchi koʻrigiga) oʻxshaydi, u oʻzining iflosligini ketkazadi va yaxshisini (sofini) tiniqlashtiradi», dedilar.