عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ أَبِي عَبْدِ اللَّهِ قَالَ: رَأَيْتُ سَعْدَ بْنَ أَبِي وَقَّاصٍ أَخَذَ رَجُلًا يَصِيدُ فِي حَرَمِ الْمَدِينَةِ الَّذِي حَرَّمَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَلَبَهُ ثِيَابَهُ فَجَاءَهُ مَوَالِيهِ فَكَلَّمُوهُ فِيهِ فَقَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَرَّمَ هَذَا الْحَرَمَ وَقَالَ: «مَنْ أَخَذَ أَحَدًا يَصِيدُ فِيهِ فَلْيَسْلُبْهُ» . فَلَا أَرُدُّ عَلَيْكُمْ طُعْمَةً أَطْعَمَنِيهَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَلَكِنْ إِنْ شِئْتُمْ دفعتُ إِليكم ثمنَه. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Sulaymon ibn Abu Abdulloh (rahimahulloh) aytadi: men Saʼd ibn Abu Vaqqosning Madinaning Rasululloh ﷺ harom (qoʻriq) qilgan haram (hudud)ida ov qilayotgan bir kishini ushlab, uning kiyimlarini tortib olganini koʻrdim. Soʻng uning xojalari kelib, u haqida unga gapirishdi. Shunda u: «Albatta Rasululloh ﷺ bu haramni harom qildilar va: ‹Kim unda ov qilayotgan birovni topsa, uning kiyimlarini tortib olsin›, dedilar. Bas, men sizlarga Rasululloh ﷺ menga inʼom qilgan rizqni qaytarmayman. Lekin agar xohlasangiz, sizlarga uning bahosini beraman», dedi.