وَعَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: حَجَمَ أَبُو طَيْبَةَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأُمِرَ لَهُ بِصَاعٍ مِنْ تَمْرٍ وَأَمَرَ أَهْلَهُ أَنْ يُخَفِّفُوا عَنْهُ مِنْ خراجه
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Tayba Allohning Rasuli ﷺ ga hijoma qildi; bas, u zot unga bir soʼ xurmo berishni buyurdi va uning xojalariga — uning (soliq) toʻlovini kamaytirishni — buyurdi (chunki u qul edi va ularga soliq toʻlar edi).