وَعَن ابنِ عُمَرَ قَالَ: مَنِ اشْتَرَى ثَوْبًا بِعَشَرَةِ دَرَاهِمَ وَفِيهِ دِرْهَمٌ حَرَامٌ لَمْ يَقْبَلِ اللَّهُ لَهَ صَلَاةً مَا دَامَ عَلَيْهِ ثُمَّ أَدْخَلَ أُصْبَعَيْهِ فِي أُذُنَيْهِ وَقَالَ صُمَّتَا إِنْ لَمْ يَكُنِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَمِعْتُهُ يَقُولُهُ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الْإِيمَانِ. وَقَالَ: إِسْنَادُهُ ضَعِيف
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Kim oʻn dirhamga bir kiyim sotib olsa-yu, uning (puli) ichida bir dirham harom boʻlsa, uni kiyib turganicha Alloh undan namozni qabul qilmaydi», dedi. Soʻng ikki barmogʻini quloqlariga tiqib: «Agar Nabiy ﷺdan buni eshitmagan boʻlsam, bu ikki qulogʻim kar boʻlsin!» dedi. Ahmad va Bayhaqiy «Shuʼab al-iymon»da rivoyat qilgan va: «Isnodi zaif», dedi.