وَعَنْ حُذَيْفَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ رَجُلًا كَانَ فِيمَنْ قَبْلَكُمْ أَتَاهُ الْمَلَكُ لِيَقْبِضَ رُوحَهُ فَقيل لَهُ: هَل علمت مَنْ خَيْرٍ؟ قَالَ: مَا أَعْلَمُ. قِيلَ لَهُ انْظُرْ قَالَ: مَا أَعْلَمُ شَيْئًا غَيْرَ أَنِّي كُنْتُ أُبَايِعُ النَّاسَ فِي الدُّنْيَا وَأُجَازِيهِمْ فَأُنْظِرُ الْمُوسِرَ وَأَتَجَاوَزُ عَنِ الْمُعْسِرِ فَأَدْخَلَهُ اللَّهُ الْجَنَّةَ " وَفِي رِوَايَةٍ لِمُسْلِمٍ نَحْوَهُ عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ وَأَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ «فَقَالَ اللَّهُ أَنَا أَحَق بذا مِنْك تجاوزوا عَن عَبدِي»
Ribʼiy ibn Hirosh (Huzayfadan) rivoyat qiladi: Uqba ibn Amr Huzayfaga: «Sen bizga — Allohning Rasuli ﷺ dan eshitgan (narsa)laringdan — rivoyat qilmaysanmi?» — dedi. U: «Men u zotning shunday deganini eshitdim: ‹Dajjol paydo boʻlganda, uning yonida olov va suv boʻladi. Odamlar sovuq suv (deb) hisoblaydigan (narsa) — aslida — (narsalarni) kuydiradigan olov boʻladi. Bas, sizlardan kim bunga duch kelsa, oʻziga olov (deb) koʻringan narsaga tushsin — chunki aslida u — toza, sovuq suvdir›, — dedi», — dedi. Huzayfa qoʻshdi: «Men u zotning yana shunday deganini (ham) eshitdim: ‹Sizlardan oldingi (avlod) odamlari orasida bir kishi bor edi — oʻlim farishtasi uning jonini olish uchun keldi. (Uning joni olindi va) undan: «Sen biror yaxshi amal qildingmi?» — deb soʻraldi. U: «Men hech bir yaxshi amalni eslamayman», — deb javob berdi. Undan (yaxshilab) oʻylab koʻrish soʻraldi. U: «Men — dunyoda odamlar bilan savdo qilganim va boy (qarzdor)larga muhlat berib, kambagʻal (qarzdor)larni kechirganimdan boshqa — (hech narsani) eslamayman», — dedi. Bas, Alloh uni jannatga kiritdi›, — dedi». Huzayfa yana: «Men u zotning yana shunday deganini (ham) eshitdim: ‹Bir marta oʻlim toʻshagidagi bir kishi — omon qolishdan butunlay umidini uzib — oilasiga: «Men oʻlganimda, men uchun katta bir oʻtin uyumini toʻplab, (uni yoqib) olov qilinglar. Olov goʻshtimni yeb, suyaklarimga yetganda va suyaklar (ham) yonganda, ularni olib, kukun qilib ezinglar va shamolli kunni kutib, uni (yaʼni kukunni) dengiz ustiga sochinglar», — dedi. Ular shunday qildi; lekin Alloh uning zarralarini (qayta) toʻpladi va undan: «Nega bunday qilding?» — deb soʻradi. U: «Sendan qoʻrqqanim uchun», — deb javob berdi. Bas, Alloh uni magʻfirat qildi›, — dedi». Uqba ibn Amr: «Men u zotning — oʻsha isroillik (kishi) — oʻliklarning qabrini (kafanlarini oʻgʻirlash uchun) kovlardi, deganini (ham) eshitdim», — dedi.