عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْبَيِّعَانِ بِالْخِيَارِ مَا لَمْ يَتَفَرَّقَا إِلَّا أَنْ يَكُونَ صَفْقَةَ خِيَارٍ وَلَا يَحِلُّ لَهُ أَنْ يُفَارِقَ صَاحِبَهُ خَشْيَةَ أَنْ يَسْتَقِيلَهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Ikki oldi-sotdi qiluvchi bir-biridan ajralmaguncha ixtiyorlidirlar, ixtiyor savdosini kelishib olsalar boshqa. Sherigining savdodan qaytishidan qoʻrqib undan ajralib ketishi unga halol emas», dedilar.