وَعَنْ سَهْلِ بْنِ أَبِي حَثْمَةَ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَن بيعِ التمْر بالتمْرِ إِلَّا أَنَّهُ رَخَّصَ فِي الْعَرِيَّةِ أَنْ تُبَاعَ بِخَرْصِهَا تَمْرًا يَأْكُلُهَا أَهْلُهَا رُطَبًا
Sahl ibn Abu Hasma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ xurmoni xurmoga sotishdan qaytardilar, biroq ariyani — daraxtdagi hoʻl xurmoni — quruq xurmo bilan, uning taxminiy oʻlchoviga qarab sotishga ruxsat berdilar, toki egalari uni hoʻl holida yeya olsinlar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.