وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَن بيع الثِّمَارِ حَتَّى تَزْهَى قِيلَ: وَمَا تَزْهَى؟ قَالَ: حَتَّى تخمر " وَقَالَ: «أَرَأَيْتَ إِذَا مَنَعَ اللَّهُ الثَّمَرَةَ بِمَ يَأْخُذ أحدكُم مَال أَخِيه؟»
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ mevani — to u deyarli pishmaguncha — sotishdan qaytardi. U zotdan ‹deyarli pishgan› nima degani, deb soʻraldi. U zot: «To u qizarguncha», — deb javob berdilar. Allohning Rasuli ﷺ yana: «Agar Alloh mevani buzsa (halok qilsa), kishi qanday qilib oʻz birodari (boshqa kishi)ning pulini olishga haqli boʻladi?» — dedilar.