وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " لَا تَلَقُّوُا الرُّكْبَانَ لِبَيْعٍ وَلَا يَبِعْ بَعْضُكُمْ عَلَى بَيْعِ بَعْضٍ وَلَا تَنَاجَشُوا وَلَا يَبِعْ حَاضِرٌ لِبَادٍ وَلَا تُصَرُّوا الْإِبِلَ وَالْغَنَمَ فَمِنِ ابْتَاعَهَا بَعْدَ ذَلِكَ فَهُوَ بِخَيْرِ النَّظِرَيْنِ بَعْدَ أَنْ يحلبَها: إِنْ رَضِيَهَا أَمْسَكَهَا وَإِنْ سَخِطَهَا رَدَّهَا وَصَاعًا مِنْ تمر " وَفِي رِوَايَةٍ لِمُسْلِمٍ: " مَنِ اشْتَرَى شَاةً مُصَرَّاةً فَهُوَ بِالْخِيَارِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ: فَإِنْ رَدَّهَا رَدَّ مَعهَا صَاعا من طَعَام لَا سمراء "
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «(Mol olib kelayotgan) ulovlilarni (savdo qilish uchun yoʻlda) qarshilab chiqmanglar, biringiz boshqangizning savdosi ustiga savdo qilmasin, najsh qilmanglar (sotib olmoqchi boʻlmagani holda narxni koʻtarish uchun savdolashmanglar), shaharlik kishi sahroyilik uchun sotmasin, tuya va qoʻylarning yelinida sutni toʻplab qoʻymanglar. Kim shundan keyin (yelini toʻldirilgan hayvonni) sotib olsa, uni sogʻib koʻrgach, ikki yoʻldan eng yaxshisini ixtiyor qiladi: agar rozi boʻlsa, uni saqlab qoladi, agar rozi boʻlmasa, bir soʼ xurmo bilan qaytaradi», — dedilar.