وَعَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ عَلَى صُبْرَةِ طَعَامٍ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فِيهَا فَنَالَتْ أَصَابِعُهُ بَلَلًا فَقَالَ: «مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟» قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: «أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ حَتَّى يَرَاهُ النَّاسُ؟ مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مني» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir uyum (toʻda) taom yonidan oʻtib, qoʻllarini uning ichiga tiqdilar-da, barmoqlari nam(ga) tegdi. Shunda (Paygʻambar): «Bu nima, ey taom egasi?» dedilar. (U): «Unga osmon (yomgʻiri) tegdi, ey Allohning Rasuli», dedi. (Paygʻambar): «Uni (nam qismni) taomning ustiga qoʻymabsanda — odamlar uni koʻrishi uchun?! Kim aldasa, u mendan emas», dedilar.