وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كُنْتُ أَبِيعُ الْإِبِلَ بالنقيع بِالدَّنَانِيرِ فآخذ مَكَانهَا الدارهم وأبيع بِالدَّرَاهِمِ فَآخُذُ مَكَانَهَا الدَّنَانِيرَ فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ: «لَا بَأْسَ أَنْ تَأْخُذَهَا بِسِعْرِ يَوْمِهَا مَا لَمْ تَفْتَرِقَا وَبَيْنَكُمَا شَيْءٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ والدارمي
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadi: Men Baqiʼda tuyalarni sotardim. Goh dinorga sotib, dirham olardim, goh dirhamga sotib, dinor olardim. Bularning oʻrniga bularni olar, bularning oʻrniga bularni berar edim. Soʻng Rasululloh ﷺ huzurlariga keldim, u zot Hafsaning uyida edilar. Men: «Yo Rasululloh, biroz shoshmang, sizdan soʻramoqchiman. Men Baqiʼda tuyalarni sotaman: goh dinorga sotib, dirham olaman, goh dirhamga sotib, dinor olaman. Bularning oʻrniga bularni olaman, bularning oʻrniga bularni beraman», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Toki bir-biringizdan ajralmasdan turib, oʻrtangizda hech narsa (toʻlanmagan) qolmasa, ularni oʻsha kunning narxi bilan olishingda hech qanday gunoh yoʻq», dedilar.